AQSH Afg‘onistonda kichik va o‘rta biznesga yordam berishni qaytadan yo‘lga qo‘ydi
Davlat kotibi yordamchisi bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

AQSH Afg‘onistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni tikladi. Bu haqda Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu Ashxoboddagi chiqishida maʼlum qildi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, yordam USAID orqali amalga oshirilmoqda. U dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonga bir yil davomida 3 milliard dollar ajratganini qayd etgan. Shu bilan birga Lu faqatgina gumanitar yordamga emas, balki afg‘on iqtisodiyotini tiklashga eʼtibor qaratish kerakligini taʼkidlagan.
AQSH vakili Afg‘onistondagi barcha terrorchi guruhlar faoliyati tugatilishi va toliblar bu guruhlarni qo‘llab-quvvatlamasligi kerakligini aytgan. Shunday sharoitdagina mamlakat qo‘shnilariga tahdid tug‘dirmaydi.







