O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va Jahon turizm tashkiloti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi bilan uchrashdi

 

Bugun, 7-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon turizm tashkiloti (YUNVTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvilini qabul qildi.

 

Uchrashuv kun tartibidan O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu nufuzli ixtisoslashgan hukumatlararo tuzilmasi o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin oldi.

 

O‘zbekiston 1993 yildan buyon YUNVTO a’zosi. O‘tgan davrda tarmoqning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarish va O‘zbekistonning turizm brendini xalqaro miqyosda ilgari surishga qaratilgan muhim tashabbus va qo‘shma dasturlar amalga oshirildi. Mamlakatda Tashkilotning Buyuk ipak yo‘li bo‘yicha mintaqaviy ofisi faoliyat yuritmoqda.

 

Keyingi yillarda sheriklik sezilarli darajada faollashdi. Bugungi kunda 2023 yilda Samarqand shahrida YUNVTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini o‘tkazishga birgalikda tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

 

Suhbatda Zurab Pololikashvili O‘zbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, tashqi va ichki turizm ko‘rsatkichlarining sifatli o‘sishiga xizmat qiladigan ishbilarmonlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan islohotlar natijalarini yuksak baholadi.

 

Mamlakat bilan YUNVTO o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, unga O‘zbekistonning turizm brendini ilgari surish, samarali axborot kampaniyalarini o‘tkazish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, boshqa muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini kiritishga kelishib olindi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi bilan uchrashdi | Zamon.uz