TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining kun tartibidan qanday masalalar o‘rin olgan?
Yig‘ilish joriy yilning 10 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

TDT TIVKda ishtirok etish uchun TDT Bosh kotibi B.Amreyev, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri J.Kulubayev, Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari X.Xalafov, Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri M.Tleuberdi, Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri P.Siyyarto, Turkiya tashqi ishlar vaziri M.Chavushoglu, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri R.Meredov tashrif buyurishi rejalashtirilgan.
Delegatsiyalar rahbarlarining TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etishi, ular “Forumlar majmuasi” kompleksiga yetib kelgandan keyin hamda birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng ko‘zda tutilgan. Yig‘ilish so‘ngida yakuniy hujjatlarni imzolash marosimi hamda yig‘ilish ishtirokchilari sharafiga rasmiy qabul bo‘lib o‘tadi.







