The Observer: Jonson Bosh vazirlikni emas, pulni tanlagan
Sobiq Bosh vazir hukumat rahbarligidan nomzodini qaytarib olganligi sababi ochiqlandi.

Boris Jonson oktyabr oyida 10 million funt-streling daromaddan quruq qolmaslik uchun bosh vazirlikka nomzodini ilgari surmagan. Bu haqda The Observer gazetasi xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, iyul oyida sobiq bosh vazir Gollivudning Endeavour agentligi va uning shoʻba kompaniyasi Harry Walker Agency (HWA) bilan ommaviy chiqishlar borasida muzokaralar olib borgan. Maqolada qayd etilishicha, AQSH sobiq prezidentlari Bill-Klinton va Barak Obamalar ham HWA mijozlari hisoblanadi.
Endeavour rahbari Ari Emanuel Jonsonni yana hukumat rahbari bo‘lgan taqdirda uning nutqlaridan tushadigan daromad ikki barobar kamayib ketishidan ogohlantirgan. Shundan keyin u Bosh vazir bo‘lish rejasidan voz kechgan.
O‘z navbatida Jonsonning vakili bu xabarni rad etgan.







