O'zbekiston

“Vaqtida davolanmasa, o‘limga sabab bo‘lishi mumkin”

Mutaxassis mavsumiy grippning xavfli asoratlaridan ogohlantirdi.

“Vaqtida davolanmasa, o‘limga sabab bo‘lishi mumkin”

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda 650 ming nafarga yaqin inson mavsumiy grippdan vafot etadi. Qolaversa, ushbu virus turli surunkali kasalliklarning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishi bilan xavfli. Shu bois bu xastalikka e’tiborsiz bo‘lish yaramaydi.

 

“Kuz faslida turli mavsumiy yuqumli kasalliklar avj oladi. Ayniqsa, bu paytda barcha yoshdagi insonlar, xususan, bolalar va o‘smirlar orasida gripp virusi ko‘p uchraydi. 

 

Uning eng ko‘tarilish davri esa noyabr-mart oylariga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, bunday paytda har kim o‘zi bilgan va sinalgan usullardan foydalanib, kasallikka qarshi kurashishi mumkin. Biroq mutaxassislar xastalikdan ishonchli himoyalanish uchun unga qarshi emlanishni tavsiya etadi.

 

Chunki grippning o‘zidan ko‘ra, asoratlari juda xavfli. Xususan, u pnevmoniya, bronxit, yuqori nafas yo‘llarining ikkilamchi bakterial infeksiyalari (otit, sinusit), asab va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari hamda qandli diabet kabi xastaliklarni keltirib chiqaradi. Eng yomoni, bu darddan xavf guruhiga kiruvchi insonlar o‘z vaqtida davolanmasa, o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

 

Ayni paytda dunyoning aksariyat davlatlarida turli dori vositalari orqali gripp virusi davolanmoqda. Biroq uning ayrim turlarida virusga qarshi preparatlarga chidamlilik ortib, bu davolash samaradorligini chegaralayapti.  


 
Buning ustiga, ko‘pchilik o‘ylaganidek, antibiotiklar ham ushbu virusni davolamaydi. Sababi mazkur dori vositalari faqat bakterial infeksiyalarga ta’sir qiladi.

 

Shu bois grippdan himoyalanishning eng samarali yo‘li kasallikka qarshi emlanishdir. Aytish kerakki, vaksina xavfsiz va yuqori ta’sirga ega bo‘lib, yillik kasallanish va o‘lim holatlarini yetarlicha kamaytiradi. Ya’ni zamonaviy grippga qarshi emlash vositalarining samaradorligi 90 foizni tashkil etadi.

 

JSST ushbu virusga qarshi, birinchi navbatda, homilador ayollar, 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, keksa yoshli insonlar (65 yoshdan katta), surunkali kasalliklari bor bemorlar va tibbiyot xodimlarini emlashni tavsiya etadi”, — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas’ul xodimi Dilorom Tursunova.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Vaqtida davolanmasa, o‘limga sabab bo‘lishi mumkin” | Zamon.uz