O'zbekiston

Samarqandda “poraxo‘r” advokat qo‘lga tushdi

U sud bilan fuqarolar o‘rtasida “vositachilik” qilib kelgan.

Samarqandda “poraxo‘r” advokat qo‘lga tushdi

 

Samarqand shahrida fuqarodan 1500 dollar pora talab qilgan advokat ushlandi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar qildi.

 

Aniqlanishicha, Samarqand shahridagi “Yulduz” advokatlik firmasi advokati vazifasida ishlab kelayotgan A.U. (1971 yilda tug‘ilgan) sud idoralarida ko‘rib chiqilayotgan ishlarda advokat sifatida ishtirok etib, “vositachilik” qilish yo‘li bilan sud tizimida ishlovchi tanishlari orqali ishlarni ijobiy hal qilib berish evaziga fuqarolardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olib kelgan.

 

Xususan, mahalliy fuqaroning turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohini bekor qilish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining qarorini chiqartirib berish evaziga undan 1 500 AQSH dollari talab qilgan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat A.U. ushbu fuqarodan kelishilgan pullarning 1300 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan. Hozirda A.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandda “poraxo‘r” advokat qo‘lga tushdi | Zamon.uz