Tramp: AQSHda kommunizm boshlandi
Sobiq prezident demokratlarga og‘ir ayblovlar qo‘ydi.

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp demokratlar davrida mamlakatda kommunistik tuzum o‘rnatilganini maʼlum qildi. Bu haqda u Ogayodagi chiqishida gapirgan.
"Ular (huquqni muhofaza qilish organlari — tahririyat izohi) men unutib yuborgan kelishuvlarni tekshirdi. Ularga bu 23 yil oldin bo‘lgani uchun eslolmasligimni aytdim. Biz hammasini besh marta qaytadan sotganmiz. Bu odamlar — kasal, ammo biz barcha bosqichlardan o‘tishimiz kerak. Buni to‘xtating, chunki bu kommunizmning boshlanishi", — degan sobiq prezident o‘ziga qarshi o‘tkazilayotgan surishtiruvlarga izoh berib.
Tramp, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar uchinchi dunyo davlatiga aylanib qolganligini taʼkidlagan.







