YеI Qozog‘iston neft-gazidan umidvor
Bryussel Ostona bilan muhim yo‘nalishda shartnoma imzoladi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov Misrda bo‘lib o‘tayotgan COP27 konferensiyasida energetika sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
Bryussel va Ostona energiya va xomashyo yetkazib berishdagi qo‘shma harakatlarni yana-da kengaytiradi. Fon der Lyayen va Smailov 7 noyabrda bu bo‘yicha tegishli kelishuvni imzolagan.
Ushbu shartnomadan ko‘zlangan maqsad — ayrim turdagi xomashyo yetkazib berishni taʼminlash va vodorod hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan batareyalarni tayyorlash uchun yetkazib berish zanjirlarini rivojlantirishdan iborat.
YеI va Qozog‘iston o‘rtasida tog‘-qon va neftni qayta ishlash sanoatidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha jarayonlar keyingi olti oyda ishlab chiqiladi.
O‘z navbatida Yevroittifoqning iqtisodiy giganti Germaniya ham Ostona bilan energetik hamkorlikni kuchaytirish istagini bildirdi.
Yevropaning yetkazib berish zanjirlariga qaramligi ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida yaqqol ko‘rinib qoldi. Rossiya-Ukraina urushi esa YEIning ayrim davlatlarining rus neft va gaziga qattiq bog‘lanib qolganini ko‘rsatdi. Hozirgi kunda Bryussel yangi iqtisodiy hamkorlar izlamoqda.







