Mask sobiq sevgilisidan “qasdini oldi”
Juftlik 2016-yilda uchrasha boshlagan va ikki yildan so‘ng ularning munosabatiga darz ketgan.

Aktrisa Ember Hyord ijtimoiy tarmoqni sobiq sevgilisi Ilon Mask sotib olganidan bir hafta o‘tib, Twitter’dagi akkauntini o‘chirib qo‘ydi.
Yulduzning sahifasida "Bu hisob endi mavjud emas",- deb yozilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Hyord ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanmasa ham, Instagram’da 5,3 mln obunachiga ega. Akvamen yulduzining Instagram’dagi so‘nggi posti 1-iyun kuni, sud aktrisa va uning sobiq eri Jonni Depp o‘rtasidagi tuhmat ishi bo‘yicha hukm chiqargan kunga to‘g‘ri keladi.
Biroq foydalanuvchilarning fikricha, Ember Hyord Jonni Depp bilan bo‘lgan shov-shuvli sinovlardan so‘ng akkauntni o‘chirib tashlagan bo‘lishi mumkin, boshqalar esa u sobiq sevgilisi endi o‘z akkaunti va undagi yozuvlarni boshqarishi mumkinligidan xavotir olgan deb taxmin qilishmoqda.







