Samarqandga kelayotgan xorijiy delegatsiyalar qaysi mehmonxonalarga joylashtiriladi?
Bu bo‘yicha Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumot berdi.

Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari sammiti oldidan tashkil etilgan brifingda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Sammit oldi vazirlik tomonidan ingliz, rus va turk tillarida 5 ming nusxadan ortiq turizm sohasiga oid materiallar zaxirasi yaratildi. Shu bilan birga, bloknot, papka, ruchka kabi tarqatma materiallar dizayni ishlab chiqildi va ular 600 nusxada chop etildi.
Bundan tashqari, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining sammitida Samarqanddagi “Ipak yo‘li” turizm markazida xorijiy delegasiya azolarini joylashtirish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Qozog‘iston - “Savitsky Plaza”, Turkiya delegasiyasi - “Samarkand Regency Amir Temur”, Turkmaniston delegasiyasi - “Silk Road By Minyoun”, Ozarbayjon delegasiyasi - “Lia By Minyoun Stars of Ulughbek”, Vengriya rasmiy delegasiyasi - “Wellness Park Hotel 31 “Afrasiab”, Vengriya ishbilarmonlar guruhi - “Wellness Park Hotel 32 “SOGD”, Qirg‘iziston, TDT va uning tuzilmalari delegasiyasi - “Wellness Park Hotel 33 “Bactria” mehmonxonasiga joylashtirilishi rejalashtirilgan.
TDT sammitiga tayyorgarlik doirasida jami 8 ta diqqatga sazovor ob’yekt, jumladan “Hazrati Xizr” majmuasi, Registon va Amir Temur majmualari, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek muzey majmuasi, Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik muzeyi, Shoxi-Zinda majmuasi, “Konigil” turizm qishlog‘i mehmonlar tashrifi uchun tayyorlandi.
Cammit doirasida Samarqand viloyatida umumiy 5 ta ko‘rgazma ekspozisiyasi tashkil etildi. Jumladan, mehmonlar uchun “Buyuk Ipak yo‘li”, “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik”, “Rang-barang O‘zbekiston”, “Vaqt sarobi” va “Turkiy xalqlar milliy liboslari” ko‘rgazma ekspozisiyalari mehmonlar uchun xizat ko‘rsatadi.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekistonga tashrif buyuradigan jami sayyohlarning 60 foizi turkiy mamlakatlar, ya’ni Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shundan, 30 foizi Qozog‘istondan tashrif buyuradigan sayyohlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: Xiva – 2024 yil Islom dunyosining turizm poytaxti etib e’lon qilindi. Samarqand 2023 yilda Butunjahon turizm poytaxti deya e’lon qilindi. Qo‘qon shahri esa 2022 yil - turkiy dunyo turizm poytaxti bo‘ldi (2023 yilda bu maqom Ozarboyjonning Shamaxi shahriga topshiriladi). Bularning barchasi O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi hamda uning barcha mamlakatlar bilan sohaga oid keng hamkorlik olib borilayotganidan dalolat beradi.








