Shahzoda Garrining oilasi xavf ostida
Meganning navbatdagi tashabbusi qirollik oilasini sharmanda qilishi mumkin.

Megan Markl o‘zining mojarolar markazida qolib ketish “qobiliyati” bilan hayron qioldirishda davom etmoqda. Uning bu safargi harakatlari shahzoda Garri bilan nikohini buzib yuborishi mumkin.
Gap shundaki, Megan turmush o‘rtog‘ining DNK test topshirib, o‘z otasini aniqlashini istamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z farzandlarining ham test topshirishini va shu yo‘l bilan qirollik oilasiga tegishli ekanini isbotlashini aytdi.
Ammo Garrining DNK testi qirollik oilasi uchun katta mojaroga aylanib ketishi mumkin.
Megan Marklning qirollik oilasida paydo bo‘lishidan ham ancha oldin shahzoda Garri qirol Karl III ning o‘g‘li emas, degan mishmishlar yurgan. Aytishlariga qaraganda, malika Diananing qirolliy saroyida xizmat qilgan ofiser Djeyms Xьyuitt bilan ishqiy munosabatlari bo‘lgan.
Qator g‘arb nashrlari shahzoda Garrini o‘sha ofitserga o‘xshatishgan. Ledi Di Xьyuitt bilan munosabatlarini yashirmagan, ammo ular Garri tug‘ilganidan 5 yil o‘tib tanishganini aytgan.








