Xitoy urushga tayyorlanmoqda
Si Szinpin armiyani kuchaytirishga chaqirdi.

Xitoy raisi Si Szinpin armiyani xavfsizlikni kuchaytirish va harbiy harakatga kirishishga tayyor turishga chaqirdi.
Uning fikricha, ayni paytda dunyoda muvozanatni buzadigan va noaniklikka sabab bo‘ladigan “misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar” yuz bermoqda. Bu vaziyatda XXR xavfsizligi tahdid ostida qoladi, deb hisoblamoqda Si Szinpin.
Xitoy yetakchisi bu haqda Markaziy harbiy komissiyaning birlashgan operativ boshqaruv markazida gapirib o‘tdi.
Gʻarb OAV Szinpinning bu qarori Tayvan va Xitoy o‘rtasidagi bosim kuchayishi fonida qabul qilinganini aytmoqda.








