Jahon

Janubiy Koreya AQSHga snaryadlar sotmoqchi

Shu bilan birga Seul ushbu vositalar keyinchalik Ukrainaga yetkazib berilishiga qarshi chiqqan.

Janubiy Koreya AQSHga snaryadlar sotmoqchi

 

Janubiy Koreya AQSHga artilleriya snaryadlari sotish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ammo Seul ularning keyinchalik Ukrainaga yetkazib berilishiga qarshi.

 

Reuters agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya Kiyevga harbiy yordam masalasida bosiqlik ko‘rsatmoqda.

 

“AQSHning 155 mmli snaryadlari zaxirasini to‘ldirish uchun Amerika va Janubiy Koreya kompaniyalari o‘q-dori eksporti bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu faqat AQSH foydalanishi sharti bilan amalga oshirilyapti”, – degan Janubiy Koreya mudofaa vazirligi amaldori.

 

Vladimir Zelenskiy bir necha bor rasmiy Seulni Ukrainaga harbiy yordam berishga chaqirgandi. Ammo Prezident Yun Sok Yol oktyabrda Kiyevga hujumkor qurollar taqdim etilmasligini maʼlum qilgandi.

 

Ekspertlarning fikricha, Janubiy Koreya AQSH ittifoqchisi bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy omillarni hisobga olgan holda Moskva bilan aloqalarini yomonlashtirmoqchi emas. Bundan tashqari, Seul Kremlning KXDRga taʼsiri masalasini ham inobatga olmoqda.

 

custom img

AQSh va Eron yana bir-biriga zarba berdi

Eron AQSh harakatlariga javoban mintaqadagi “dushman bazalari”ga raketa hujumi uyushtirganini bildirdi.

custom img

Xomanaiy Tramp bilan uchrashmaydi

Tehron AQSH prezidenti  bilan Eron oliy rahbari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

custom img

Sankt-Peterburgga dronlar hujumi uyushtirildi

Gubernator aholini ehtiyotkorlikka chaqirib, mobil internet uzilishlari mumkinligi haqida ogohlantirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashuv va kechki ovqat sabab Zelenskiyning xatini o‘qishga ulgurmadim — Putin

Rossiya prezidenti kecha Zelenskiyning murojaati bilan tanishganini ma’lum qilib, boshqa davlatlar muzokaralarda faqat kafil sifatida ishtirok etishi mumkinligini qayd etdi.

custom img

Afrikadagi Ebola epidemiyasi so‘nggi 50 yildagi eng yirik o‘choqlardan biriga aylandi

Kongo va Ugandada Ebola bilan kasallanishning 397 ta holati tasdiqlangan, virus oqibatida 63 kishi vafot etgan.

custom img

Eron AQSh bilan kelishuv uchun 24 milliard dollarlik aktivlarni muzlatishdan chiqarishni talab qildi

Eron rasmiysining ta'kidlashicha, Tehron va Vashington o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

custom img

Sahroi Kabirda 50 ga yaqin kishi suvsizlikdan halok bo‘ldi

Cho‘lda yuk mashinasi buzilib qolgan. Mashinada Qurbon hayiti munosabati bilan Maliga borgan va u yerdan qaytayotgan Niger fuqarolari bo‘lgan.

custom img

Zelenskiy bilan uchrashidan ma’no ko‘rmayapman — Putin

Putin Zelenskiyning maktubi ayrim jihatlari bilan qo‘pol ohangda yozilganini va uni samimiy muzokara taklifi sifatida qabul qilmaganini aytdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"