O'zbekiston

O‘zbekistonda Prezident nomidan firibgarlik qilayotganlar soni ortib bormoqda

Bunday firibgarlar qanday ishlaydi?

O‘zbekistonda Prezident nomidan firibgarlik qilayotganlar soni ortib bormoqda

 

Hozirda internet ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoki Prezident Administrasiyasi nomidan pul mablag‘larini taklif qiluvchi turli xil Telegram saxifalari, guruxlari hamda kanallari jadallik bilan ko‘paymoqda. Bu – O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga zid noqonuniy faoliyat hisoblanadi.

 

Xo‘sh bunday firibgarlar qanday ishlaydi?

 

Ijtimoiy tarmoq firibgarlarining hammasi deyarli bir xil ko‘rinishda ishlaydi. Ular odamlarga turli saxifalardan muloyimlik bilan yordam taklif qilib, pul mablag‘larini olish uchun havola yo‘llashadi.

 

Ularning saytiga o‘tishingiz bilan sizdan shaxsiy ma’lumotni (pasport, plastik karta va boshqalar) kiritishingizni so‘raydilar. Shu tariqa odamlar firibgarlarning xiylalarini sezmasdan ularning tuzog‘iga tushib qolishadi.

 

Keyinchalik mazkur ma’lumotlar orqali odamlarning plastik kartalaridagi mavjud mablag‘larni o‘z xisob raqamlariga o‘tkazadilar. Aslida esa foydalanuvchilarning o‘zlari o‘z xohishi bilan pullarini firibgarlarga berayotgan bo‘ladi va albatta bu pullarni qaytarishning deyarli iloji qolmaydi.

 

Bunday firibgarlik faoliyati bilan shug‘ullanishning huquqiy oqibatlari qanday bo‘ladi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun firibgarlarga bazaviy xisoblash miqdorining 300 baravarigacha jarima yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"