O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Joriy yilning 13-15-noyabr kunlari respublikaning shimol hududida ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax viloyatlarida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.
14-16-noyabr kunlari Toshkent, Qashqadaryo, Namangan viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shu bilan birga, tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.








