AQSHning eng keksa ayoli 115 yoshga kirdi
U tug‘ilgan kuni sharafiga qariyalar markazida ziyofat berdi.

AQSHning “Ayov” shtatida yashovchi dunyoning eng keksa ayoli o‘zining 115 yoshini nishonladi.
Bessi Xendriksning tug‘ilgan kuni sharafiga o‘zi yashaydigan qariyalar markazida ziyofat uyushtirgan. Bayramda ayolning uchta farzandi, shu jumladan, bir kun oldin o‘zining 90 yoshini nishonlagan qizi Joan Shaffer ham ishtirok etdi.
Hozirda Bessi Xendriks dunyodagi to‘rtinchi eng keksa odam hisoblanadi.








