Bayden Balida Lavrov bilan “salom-alik” qilmoqchi emas
AQSH Pezidentning Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashish rejasi yo‘q.

AQSH prezidenti Jo Bayden G20 sammitida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiya delegatsiyasi bilan aloqa qilish niyatida emas. Bu haqda Amerika yetakchisining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan maʼlum qildi.
“Prezidentning Rossiya TIV rahbari bilan uchrashish rejasi yo‘q"— dedi Sallivan brifingda.
Eslatib o‘tamiz, G20 sammiti 15-16-noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G20 sammitiga bormasligi xabar qilingandi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasidan Tashqi ishlar vazirligi rahbari ishtirok etadi.
Ukraina Prezidenti devonining aniqlik kiritishicha, Vladimir Zelenskiy sammitda onlayn shaklda ishtirok etadi.








