Bryussel va London Moskvani yakkalamoqchi
Ular G20 sammitida Rossiya delegasiyasi chiqishlariga boykot qo‘yadi

Buyuk Britaniya va YeI keyingi hafta Indoneziyada bo‘ladigan G20 sammitida Rossiya delegatsiyasi chiqishlariga boykot qo‘ymoqchi. London va Bryussel mansabdorlari shu yo‘l bilan forumda Moskvani izolyasiya qilmoqchi.
"Buyuk Britaniya umuman olganda YeI tashqi siyosatiga k qo‘shilishdan manfaatdor emas, ammo mazkur masalada bizning maqsadimiz bir", - deb iqtibos keltirmoqdp The Daily Telegraph nashri.
Nashr xabariga ko‘ra, Birlashgan qirollik va Yevroittifoq sammit vaqtida Rossini Ukrainadagi mojaroni deeskalasiya qilishga chaqiradi.
Ammo YeI tinchlik muzokaralari Kiyev uchun qulay sharoitda bo‘lishini talab qilmoqchi. Ayni paytda Yevropa davlatlari deeskalasiya to‘g‘risidagi davatlar Moskva va Pekin pozisiyasi tufayli sammitning yakuniy deklarasiyasida aks etmasdigini aytmoqda. YeI Rossiya va Xitoy munosabatlarini "cheksiz do‘stlik" deb atamoqda.








