Namangan—Orenburg yo‘nalishida aviaqatnovlar tiklanmoqda
Parvozlar haftada bir marta amalga oshiriladi.

Joriy yilning 24-noyabridan Namangandan Orenburgga qatnovlarni tiklamoqda. Bu haqda “Uzbekistan airways” matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur yo‘nalishida parvozlar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan xarid qilib olish mumkin.








