Toshkentda yangi madaniyat saroyi quriladi
Shuningdek, innovatsion madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish mo‘ljallanmoqda.

Toshkent shahrida madaniy xizmat ko‘rsatish servisi bo‘yicha barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” madaniyat saroyini barpo etish rejalashtirilmoqda.
Bunda, muassasani tashkil etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, loyiha-smeta hujjatlariga asosan Vazirlar Mahkamasida taqdimot o‘tkazish, muassasani qurish bo‘yicha yer maydoni ajratish, qurilish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, innovasion madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish va jihozlash ishlarini amalga oshirish ham mo‘ljallanmoqda.
Madaniyat markazlari moddiy-texnik bazasi xatlovdan o‘tkaziladi, markazda innovasion ijodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha texnik vazifalar tayyorlanadi, madaniyat markazlarida book-kafe, Wi-Fi zonalar tashkil etiladi, ijodiy loyihalar moliyalashtiriladi, innovasion madaniyat markazi taqdimoti o‘tkaziladi.








