AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya kelishib oldi
Ular Shimoliy Koreyaga qarshi birga kurashadi.

AQSH va Janubiy Koreya Prezidentlari Jo Bayden va Yun Suk Yeol, shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Kambodjadagi uch tomonlama uchrashuv chog‘ida KXDRga qarshi kurashni kuchaytirishga kelishib oldi.
Agar Shimoliy Koreya navbatdagi yadro sinovini o‘tkazsa, keskin javob qaytariladi.
“Uch davlat to‘siqni kuchaytirish uchun birgalikda harakat qilinadi. Prezident Bayden AQSHning Yaponiya va Janubiy Koreyani himoya qilish bo‘yicha majburiyatlari buzilmasligini va yadroviy qurollar bilan quvvatlanishini yana bir bor tasdiqladi”, — deyiladi Janubiy Koreya bayonotida.
Bundan tashqari, yetakchilar Shimoliy Koreyani yadrosizlanish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirishdi va “Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadroviy sinovi” xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin javobga uchrashiga va’da berishdi.








