Feyk saytlar orqali 200 mln yevro topayotganlar ushlandi
Hozirda ularning 500 dan ortiq kompyuter va mobil qurilmalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Ukraina kiberpolitsiyasi va Yevropol bilan hamkorlikda xalqaro firibgarlik tarmog‘ining besh a’zosini hibsga oldi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ularning daromadi yiliga 200 million yevro miqdorida baholanmoqda.
Jinoyatchilar kripto-aktivlar, aksiya, qimmatli qog‘ozlar va shunga o‘xshash investisiya jalb qiluvchi feyk veb-saytlarning keng tarmog‘ini yaratgan hamda “Sall center”larida 2000 nafardan ortiq ishchi-xizmatchilar yollab diomiy ravishda qurbonlar sonini ko‘paytirib borgan.
Ukraina hududida 3 ta “Sall center” ishchi-xizmatchilari va guruhning asosiy besh nafar a’zosi qo‘lga olingan hamda taftish jarayonida 500 dan ortiq kompyuter va mobil qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.








