Namanganda Usmon Nosir haykali ochildi
Bugun shoir tavalludining 110 yilligi nishonlanmoqda.

Bugun, 13-noyabr kuni Namangan shahrida shoir Usmon Nosir haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarining 2022-yil 10-fevraldagi qarori bilan Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi butun mamlakat va turkiy davlatlar bo‘ylab keng miqyosda nishonlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Usmon Nosir 1912-yilning shu kuni Namangan shahrida tug‘ilgan. Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetining filologiya fakultetida o‘qigan. U “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar”, “Traktorobod”, “Yurak”, “Mehrim” kabi mashhur she’riy to‘plamlar muallifi hisoblanadi.








