O‘zbekiston TURKSOY tuzilmasi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
Uning vazifasi turkiy madaniyatni dunyoga tanitishdan iborat.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni imzolagan qonun bilan TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko‘rsatish prinsiplari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi.
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) xalqaro tashkiloti 1993-yilda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.
Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma’naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an’analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.








