Andijonda ovlanishi taqiqlangan qush o‘ldirildi
Holatga Ekoqo‘mita munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda ovlash taqiqlangan tasqaraning otib o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Davlat ekologiya qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.
Dastlabki o‘rganishlarda fotosuratdagi fuqarolarning shaxsi va manzili aniqlangan. Andijon viloyati Xonobod shahri “Fozilmon” va A.Navoiy mahallasida yashovchi A.S va R.F 2018 yilda Xonobod shahrining “Xidisha” mahalla joylashgan “Gʻalabaning ellik yilligi” fermer xo‘jaligi hududida tasqara qushini jonsiz holatda ushlab suratga tushgan.
Ushbu fuqarolar ayni paytda chet elda bo‘lib, ulardan biri R.F. tez orada O‘zbekistonga qaytishi kutilmoqda.
“Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qilamiz”, – deyiladi xabarda.








