Putin chet elliklarni Rossiya armiyasiga chaqirishga ruxsat berdi
Kimlar bilan shartnoma tuzilmasligi ham ma’lum qilindi.

Kreml rahbari Vladimir Putin chet el fuqarolariga Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilishiga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hujjatda qayd etilishicha, muqaddam sudlangan xorijlik bilan shartnoma tuzish mumkin emas. Bu qoida tergov ostida bo‘lganlarga ham tegishli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Ukrainada Rossiya tomonidan yollangan 500 ga yaqin suriyalik jangarilar jang qilayotganini yozgandi. Shuningdek, Ukraina hududidagi janglarda Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 8 mingdan ortiq yollanma askarlari ishtirok etgan.








