Jahon

Sunak Rossiya taʼsirini pasaytirish uchun besh tashabbusni ilgari surdi

Britaniya Bosh vaziri bu bo‘yicha maxsus maqola yozdi.

Sunak Rossiya taʼsirini pasaytirish uchun besh tashabbusni ilgari surdi

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Rossiyani “quvg‘indi davlat” deb atadi va uning dunyo iqtisodiyotidagi taʼsirini kamaytirishni taklif qildi. Bu haqda uning The Telegraph gazetasida chop etilgan maqolasida so‘z boradi.

 

Janob Sunakning rejasi besh punktdan iborat:

 

Birinchidan, kelayotgan qishda yordamga eng muhtoj davlatlarni qo‘llab-quvvatlash. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Ukrainaga yordam berishni, o‘z fuqarolariga elektr energiyasi uchun hisobni kamaytirishni va dunyoda ochlikni oldini olishdagi saʼy harakatlarini davom ettiradi;

 

Ikkinchidan, imkoniyati bor davlatlar ko‘proq oziq-ovqat zaxiralarini boshqalar bilan bo‘lishishi kerak. Rishi Sunak Rossiyani oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanishda ayblagan va BMTning g‘alla kelishuvini muddatini uzaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan;

 

Uchinchidan, yetkazib berish zanjirlari xavfsizligi kuchaytirish va Rossiya kabi davlatlarga energetik qaramlikdan qutulish ;

 

To‘rtinchidan, erkin bozorlar va ochiq global iqtisodiyot tamoyillariga sodiq qolish;

 

Beshinchidan, qaysi davlatlar rivojlanayotgan mamlakatga “kredit tuzoqlari” qo‘yayotganini aniqlash (“Kredit tuzoqlari” — kreditor davlatning qarz olayotgan davlatga qarz miqdorini oshirish orqali o‘z taʼsirini kuchaytirish). Bundan tashqari, inflyatsiya o‘sishi sabablarini oldini olish taklif qilingan.

 

Sunak ushbu maqolani G20 sammiti arafasida yozgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Sunak Rossiya taʼsirini pasaytirish uchun besh tashabbusni ilgari surdi | Zamon.uz