Tojikistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
Yer silkinishi yarim tunda sodir bo‘lgan.

Bugun, 14-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 03:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 39,93 gradus shimoliy kenglik; 69,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 149 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Bekobod shahrida 3 ball, 33 km.







