Jahon

Ukrainasiz Rossiya bilan muzokaralar bo‘lmaydi—Bayden

AQSH Prezidenti qishda urush sekinlashishini aytdi.

Ukrainasiz Rossiya bilan muzokaralar bo‘lmaydi—Bayden

 

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning ishtirokisiz Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralar olib bormaydi. Bu haqda AQSH prezidenti Jozef Bayden Balidagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

 

Amerika rahbariga jurnalistlar Rossiyaning Xersondan chekinishi urushdagi burilish nuqtasimi yoki Qo‘shma Shtatlar Ukrainaning butun hududini ozod qilish uchun qo‘llab-quvvatlashda davom etishi haqida savol bilan murojaat qilgan.

 

“Bu Ukraina uchun muhim, ahamiyatli g‘alaba. Men Ukraina xalqi va Ukraina harbiylarining jasorati, qat’iyati va qobiliyatini olqishlashdan boshqa hech narsa qila olmayman. Qo‘shma Shtatlar Ukraina xalqiga o‘z mudofaasi uchun imkoniyatlar yaratishda davom etadi. Va biz hech qanday muzokaralarda qatnashmoqchi emasmiz. Bu ukrainaliklar qabul qilishi kerak bo‘lgan qaror”, - dedi Bayden.

 

Shuningdek, Oq uy rahbari qish oylarida jang maydonida “biroz sekinlashuv” sezilarli bo‘ladi, degan fikrni bildirdi.

 

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

custom img

Ko'mir konidagi fojia: 4 konchi halok bo‘ldi

Pokistondagi ko‘mir konida gaz portladi.

custom img

Usmonov sanksiyalar ro‘yxatidan chiqariladimi? Fransiya, Italiya va Xorvatiya taklifni qo‘lladi

Yevropa Ittifoqida individual sanksiyalarni uzaytirish uchun barcha a’zo davlatlarning bir ovozdan roziligi talab etiladi.

custom img

Sun’iy intellekt poygasi: AQSh Xitoydan ortda qolmoqchi emas

Tramp sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga qarshi chiqdi.

custom img

Benzin narxi oshdi: Suriyada norozilik namoyishlari boshlandi

Energetika vazirligi huzuridagi maxsus qo‘mita tomonidan gaz va dizel yoqilg‘isi narxlari 25–40 foizga oshirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"