O'zbekiston

Allergik kasalliklardan butkul xalos bo‘lish mumkinmi?

Bu bo‘yicha mutaxassis ma'lumot berdi.

Allergik kasalliklardan butkul xalos bo‘lish mumkinmi?

 

Hozir allergik kasalliklar avj olgan davrda yashayapmiz. Bir tomondan sayyoramizdagi ekologik inqiroz, boshqa tomondan immunitetning zaiflashuvi bunday holatlarning bosh sababchisi.

 

Shu bois mutlaqo zararsizdek ko‘ringan o‘simliklar changi, jonivorlar yungi, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar ham ba’zi insonlarda kuchli allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atishga qodir. 

 

Xo‘sh, o‘zi bu dardning samarali davosi bormi? Allergik kasalliklardan butkul xalos bo‘lish mumkinmi?  


“Sohamizda yangidan-yangi diagnostika va davolash usullari joriy etilmoqda. Shulardan biri allergen spesifik immunoterapiya (AIST) deb nomlanadi. 

 

Ushbu muolaja turida allergenlarning tuzli-suvli eritmasi bemor organizmiga kichik dozalarda titrlab yuboriladi. Shundan so‘ng spesifik antitana miqdori kamayishi, ya’ni allergenga nisbatan javob reaksiyasi pasayishi kuzatiladi. 

 

Natijada qondagi umumiy IgE miqdori ozayib, bloklovchi antitana —  IgG4 ko‘payadi. Shu tariqa kasallik simptomlari kamayib, hatto xastalik bemorni umuman bezovta qilmaydi.

 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ASIT allergik rinit va bronxial astmaning yengil hamda o‘rta shakllaridan aziyat chekayotgan 5 yoshdan oshgan bolalar va kattalarni davolashga mo‘ljallangan. Biroq bu usul atopik dermatit, oziq-ovqat allergiyasi muolajasida samara bermaydi. Immunitetni o‘zgartirmaydi. 

 

Davolash kursi — 3 yildan 5 yilgacha. Muolajalar ikki — in’yeksiya yoki sublingual usulda amalga oshiriladi. Ikkinchi shakl tabletka yoki tomizg‘i dorilarni o‘z ichiga oladi. Ammo har ikkisining samaradorligi bir xil.

 

Davolash jarayonini boshlash vaqti bemorning aynan nimaga allergiyasi borligi bilan bog‘liq. Masalan, daraxt gulchanglari xastalik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lsa, kech kuz, qish mavsumi va may oyigacha bo‘lgan davr maqbul. In’yeksiya shaklida muolajani yil bo‘yi davom ettirsa bo‘ladi.

 

Uy changlariga allergiyasi bo‘lganlarni davolash ham kasallikning tinch davrida boshlanadi. Agar alomatlar mavjud bo‘lmasa, muolajalarni yil bo‘yi qo‘llash mumkin. 

 

Ayni paytda Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazida bemorlarni allergen spesifik immunoterapiya orqali davolash usuli keng yo‘lga qo‘yilgan”, — deydi Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Allergik kasalliklardan butkul xalos bo‘lish mumkinmi? | Zamon.uz