AQSH Prezidenti turkiyalik hamkasbiga minnatdorlik bildirdi
Bayden va Erdog‘an Balida uchrashdi.

AQSH Prezidenti Jo Bayden va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Balidagi G20 sammiti doirasida e’lon qilinmagan qisqa uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar Istanbuldagi terakt va Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha xalqaro harakatlarni muhokama qilgan.
“Prezident Bayden Erdog‘anga Qora dengiz don tashabbusini qayta tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi, ikkalasi ham bu tashabbus Rossiya bilan urush sharoitida global oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun muhim ahamiyatga ega va bu tashabbus davom ettirilishi kerak”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Bayden Istanbuldagi zo‘ravonlik harakatlari munosabati bilan Prezident Erdo‘g‘on va Turkiya xalqiga “chuqur hamdardlik” bildirdi.








