Bir necha davlat yetakchilari bilan uchrashgan Kambodja bosh vazirida koronavirus aniqlandi
Bir necha kun avval Kambodjada ASEAN sammiti o‘tkazilgandi.

Kambodja bosh vaziri Xun Senda koronavirus aniqlandi. 12-13 noyabr kunlari u Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi sammitini o‘tkazgandi.
Sammit doirasida bosh vazir qator xorijiy delegatsiya rahbarlari, jumladan, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan, Indoneziya bosh vaziri Joko Vidodo va Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovlar bilan shaxsan uchrashgan.
O‘zining Facebook sahifasida Xun Sen Balidagi G20 sammiti doirasida rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarni bekor qilishini maʼlum qilgan.







