"O‘tkan kunlar" romani asosida ilk milliy myuzikl yaratildi
Myuzikl premyerasini 2023-yilning avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

"O‘tkan kunlar" romani asosida ilk milliy myuzikl yaratildi. Milliy myuziklning premyerasini 2023 yilning avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan, deya maʼlum qildi Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva.
Yana bir ijodiy loyiha – o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning 1925 yilda yozilgan mashhur romani "O‘tkan kunlar" asosida yaratiladigan ilk milliy myuziklning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Umid qilamizki, romanda hikoya qilingan voqea, shuningdek, muallifning shaxsiy qissasi uni sahnalashtirishda ishtirok etgan barchani ilhomlantiradi va biz tomoshabinlar eʼtiborini hali ko‘p mavsumlar davomida o‘ziga tortadigan durdona asarni ko‘ramiz!”, deya yozadi Saida Mirziyoyeva.
Loyiha ustida ishlar shu oydan boshlangani qayd etildi.







