Toshkentda 2 ta mashina o‘zaro to‘qnashib, majag‘lanib ketdi
Holat bo‘yicha shahar IIBB YHXB ma’lumot berdi.

Kecha, 14-noyabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohut tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha shahar IIBB YHXB ma’lumot berdi.
Hodisa soat 21:30 larda Shayxontoxur tumani “Olmazor” hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahada yuz bergan. Unda 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi S.T. boshqaruvidagi “KIA K5” va 2002-yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi “Spark” rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashgan.
YTH oqibatida “Spark” rusumli transport vositasining yo‘lovchisi — 1991-yilda tug‘ilgan U.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.








