Zelenskiy yurtdoshlarini bir muddat yashirinishga chaqirdi
“Yana 20 ga yaqin zarbalar bo‘lishi mumkin”, — deydi u.

Rossiya Ukraina hududiga 85 marta raketa zarbalari bergan, ularning aksariyati energetika infratuzilmasiga urilgan. Ammo yana 20 ga yaqin zarbalar bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy aytdib o‘tdi.
“Dushman nima istayotgani aniq — u o‘z maqsadiga erisha olmaydi”, dedi davlat rahbari.
Zelenskiy ukrainaliklardan bir muddat yashirinib turishni so‘radi. Shuningdek, u ko‘plab shaharlarda elektr quvvati o‘chirib qo‘yilganini, ammo uni qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirdi.
“Biz ishlayapmiz, hammasini tiklaymiz, hammasidan omon qolamiz! Ukrainaga shon-sharaf! Sen buyuksan!”, - deya so‘rini yakunlagan Zelenskiy.
Eslatib o‘tamiz, 15-noyabr kuni Rossiya Kiyevga yana o‘nta raketa zarbasi bergandi.








