Bayden: Tramp Amerikani mag‘lub qildi
Amaldagi prezident sobiq hamkasbining prezidentlikka daʼvolariga munosabat bildirdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden Donald Trampning 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. U Twitter‘da “Donald Tramp Amerikani mag‘lub etdi” degan yozuv bilan video joyladi.
Qisqa videoda Amerika yetakchisi o‘zidan oldingi davlat rahbarining iqtisodiyotni boylarga qaratgani, rekord darajadagi ishsizlik, sog‘liqni saqlash tizimiga hujum va ekstremistlar bilan kelishuvlar kabi “yutuqlari”ni esladi.
Eslatib o‘tamiz,16 noyabr kuni Tramp AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yishini maʼlum qilgandi.







