O'zbekiston

Markaziy Osiyo ekspertlari forumida qanday mavzular muhokama qilindi?

15-noyabr kuni Toshkentda mintaqa “aql markazlari”, fuqarolik jamiyati instituti vakillari va xalqaro ekspertlar yig‘ildi.

Markaziy Osiyo ekspertlari forumida qanday mavzular muhokama qilindi?

 

Kecha Toshkentda Markaziy Osiyo ekspertlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va mintaqa davlatlari ekspertlari, davlat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. 

 

Sodiq Safoyev: Raqobat va qarama-qarshiliklarsiz hamkorlik

 

Forumda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bir qator muhim nuqtalarga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mintaqanining taraqqiyoti faqatgina barcha davlatlarning birgalikdagi harakatlariga bog‘liq. Safoyev umumiy taraqqiyot mintaqa va uning tashqarisidagi barcha mamlakatlar manfaatlariga javob berishiga alohida urg‘u berdi. 

 

Senat raisi birinchi o‘rinbosari Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda shakllangan o‘zaro ishonchda O‘zbekistonning alohida o‘rnini qayd etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosati mintaqa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani ta’kidlandi. 


Birgina yaqqol misol: odalar o‘rtasida muloqot, bordi-keldi tiklandi. Hozirda davlat chegaralarini kuniga 100 minglab odamlar hech qanday muammosiz kesib o‘tmoqda. 

 

Shu bilan birga mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayotganiga e’tibor qaratildi. Masalan, Markaziy Osiyo davlatlari mintaqalari o‘rtasidagi savdo aloqalari boshqa mintaqalardagi huddi shu ko‘rsatkichdan 8-10 barobar past. 

 

“Iqtisodiy aloqalarni vazirlar yoki videoselektorlar emas, balki xususiy sektor harakatlantiradi”, – dedi Senat raisining birinchi o‘rinbosari. 

 

Sodiq Safoyev hamkorlikka institusional xarakter berish zarurligini ma’lum qildi. Uning fikricha, busiz o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishning imkoni yo‘q. 

 

Kamoliddin Rabbimov: Integratsiya — mintaqaning yashab qolishi uchun yagona imkoniyat

 

Spikerlardan yana biri siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov ham Markaziy Osiyo davlatlari integrasiyasini kuchaytirish zarurligini qayd etdi. Ekspertning fikricha, aynan integrasiya — mintaqaning mustaqil geosiyosiy birlik sifatida yashab qolishining garovi hisoblanadi. 

 

Siyosatshunos Ukraina mojarosiga va uning ta’siriga to‘xtalar ekan, bu Markaziy Osiyo taraqqiyotidagi yangi davrni boshlab berganini, mintaqada boshqa kuch markazlari ta’siridan chiqish uchun o‘zishga xos imkoniyat paydo bo‘lganini ta’kidladi. 

 

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo ichida va atrofida AQSH va Xitoy raqobati yuz berishi prognoz qilindi. 

 

Tadbirda shuningdek, taniqli faylasuv Rustam Burnashev ham chiqish qildi. Burnashev mintaqa ekspertlari o‘rtasida muloqot yo‘lga qo‘yilganini, ammo endilikda amaliy natijalarga o‘tish zarurligi haqida gapirdi. Buning uchun hamkorlikning umumiy konsepsiyasini yaratish kerakligi ta’kidlandi. 

 

Forum davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston ekspertlari xulosalari ham tinglandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Markaziy Osiyo ekspertlari forumida qanday mavzular muhokama qilindi? | Zamon.uz