Polshaga Rossiya raketalari qulagan bo‘lishi mumkin
Mamlakat xavfsizlik kengashi favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan.

15 noyabr kuni Rossiya Ukrainaga navbatdagi ommaviy raketa zarbalarini berdi. Raketalar uzoq g‘arbiy hududlarga ham uchirilgan.
Natijada Ukraina bilan chegaradagi Polshaning Lyublin shahriga ham ikkita raketa qulab tushgan. Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan. Bu Ukraina mojarosi boshlanganidan buyon NATOga aʼzo davlat hududiga qulagan ilk raketa hisoblanadi.
Oqibatda Polsha hukumatining mudofaa va xavfsizli bo‘yicha qo‘mitasining favqulodda yig‘ilishi o‘tkazildi. Ayrim G‘arb nashrlari ushbu raketalar Rossiyaga tegishli bo‘lganini yozmoqda. Shu bilan birga AQSH mudofaa vazirligi bu aniq maʼlumot emasligini qayd etgan. Polsha rasmiylari ham xulosa berishda shoshilmaslikka chaqirgan.
Boshqa bir maʼlumotlarga ko‘ra, bu Ukrainaning S-300 tizimlari raketalari bo‘lishi mumkin. Varshava NATO nizomining 5 moddasi — agressiyaga qarshi kollektiv javob qaytarish bo‘yicha normani qo‘llashni so‘ramoqda. Vaziyat yuzasidan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban NATO bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Bugungi berilgan raketa zarbalari oqibatida Ukrainaning energetik infratuzilmasiga katta zarar yetkazilgan. Jami 85 ta yaqin raketa uchirilgani aytilmoqda. Rasmiy Kiyev ularning 70 donasi urib tushirilganini taʼkidlagan.







