O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev AQSHning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

2023-yilning birinchi choragida ikki mamlakat o‘rtasida qo‘shma biznes forumini o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev AQSHning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

 


Bugun, 16-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy” qarorgohida Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistongv kelgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Delegasiya tarkibida uchrashuvda AQSHning “General Electric”, “Procter and Gamble”, “Coca-Cola” “CNH Industrial”, «John Deere”, “Zeppelin” va “Silverleafe” kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Davlat rahbari mehmonlarni qutlar ekan, O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi.

 

Tarkibiga 38 ta yetakchi kompaniya kiruvchi Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ikki tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shayotgani qayd etildi.

 

Mamlakatlar korxonalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va  qo‘shma kooperasiya loyihalarini ilgari surish yuzasidan fikr almashildi.

 

Energetika, kimyo tarmog‘i, mashinasozlik, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalari hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.

 

Kerolin Lemm palata a’zolarining O‘zbekistondagi faoliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun AQSH ishbilarmonlar hamjamiyati nomidan davlat rahbariga tashakkur bildirdi.

 

Amerika ishbilarmon doiralari vakillari AQSH biznesining o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qiziqishi ortib borayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston yetakchisi rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatlarini yuqori baholab, mamlakat bilan investisiyaviy sheriklikni kengaytirish uchun ochilayotgan imkoniyatlardan faol foydalanishga intilishini tasdiqladi.

 

Yangi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun 2023 yilning birinchi choragida qo‘shma biznes forumini o‘tkazishga kelishib olindi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev AQSHning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi | Zamon.uz