Jahon

Hamkasbiga tanbeh bergan Xitoy rahbari, sammitni erta tark etgan Lavrov va tarixiy uchrashuvlar

G20 sammitining eng yorqin voqealari.

Hamkasbiga tanbeh bergan Xitoy rahbari, sammitni erta tark etgan Lavrov va tarixiy uchrashuvlar

 

So‘nggi kunlarda butun dunyo e’tibori Indoneziyaning Bali oroliga qaratildi. Jahon yetakchilarini bir joyga jamlagan G20 sammiti kutilmagan voqealar, intrigalar va avvaldan ma’lum qilinmagan uchrashuvlar bilan avvalgilaridan farq qildi deyish mumkin. 

 

Sammitning birinchi kunida Ukraina mojarosi markaziy mavzulardan biri bo‘ldi. Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy Baliga  kelmagan bo‘lsa-da, mintaqadagi vaziyat masalasi tadbirning deyarli barcha ishtirokchilari tomonidan ko‘tarilgan.

 

G20’ning  eng esda qolarli voqealardan biri AQSH prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralar bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlarining tarixda birinchi marta bo‘lib o‘tgan suhbati Oq uy tomonidan ikki davlat pozisiyalarini yaqinlashtirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida bir necha bor ta’kidlandi. AQSH va Xitoy rahbarlari uch soatdan ortiq suhbatlashdi.

 

Muzokaralar yakunida shov-shuvli bayonotlar bo‘lmadi, Bayden jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Ukraina mavzusiga to‘xtaldi. U Xersonning Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan qaytarib olinishini “Kiyev uchun muhim g‘alaba” deb atadi. Shu bilan birga, u bu voqea qanday oqibatlarga olib kelishini aytishga qiynaldi, biroq Ukrainaga yordam ko‘rsatishni davom ettirishga va’da berdi.

 

Bundan tashqari, Bayden AQSH Ukraina ishtirokisiz Rossiya bilan muzokaralar olib borish niyatida emasligini yana bir bor ta’kidladi.
Si Szinpin, o‘z navbatida, Xitoy Rossiya-Ukraina muzokaralarini qayta boshlash tarafdori ekanini aytdi. U, shuningdek, AQSH va YeI mojaroni tezroq hal qilishga yordam berishiga umid bildirdi.

 

Shuningdek, AQSH prezidenti Jo Bayden turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog‘on sammit doirasida e’lon qilinmagan yana bir qisqa uchrashuv o‘tkazdi.

 

Qayd etilishicha, tomonlar Istanbuldagi terakt va Ukraina donini eksport qilish bo‘yicha xalqaro harakatlarni muhokama qilgan.

 

Bayden Istanbuldagi terakt munosabati bilan Prezident Erdo‘g‘on va Turkiya xalqiga “chuqur hamdardlik” bildirdi.

 

E’tiborli holatlardan biriXitoy rahbari jurnalistlar oldida Kanada bosh vaziriga  “tanbeh” berganidir.

 

Xitoy raisi Jastin Tryudoni muzokaralarda samimiy emaslikda aybladi. Si Szinpin kanadalik hamkasbi bilan suhbatining OAVga chiqib ketganidan norozilik bildirdi.

 

Katta  yigirmatalik mamlakatlarining aksariyati Ukrinadagi urushni qoralamoqda, ammo sammitda bu boradagi boshqacha fikrlar ham yangradi.G20 davlatlari mojaro dunyo iqtisodiyoti muammolarini chuqurlashtirib, yadro  quroli qo‘llanilishi xavfini keltirib chiqarganini aytmoqda.

 

Sammitning so‘ngi kunida ishtirokchilar Rossiya agressiyasi tanqid ostiga olingan yakuniy bayonetmatni ustida ishlamoqchi edi, ammo Polsha hududiga qulagan raketa tufayli bu ish ortga surilgan.  Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa Balini muddatidan  avval tark etgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hamkasbiga tanbeh bergan Xitoy rahbari, sammitni erta tark etgan Lavrov va tarixiy uchrashuvlar | Zamon.uz