Jahon

Qatar-2022 haqida yana faktlar

Musobaqada qatnashadigan eng past bo‘yli futbolchi 158 santimetr hisoblanadi.

Qatar-2022 haqida yana faktlar

 

Tez orada jahon chempionati boshlanadi. Qatardagi turnir allaqachon o‘zgacha tus olgan. Masalan, ilk bor o‘yinlar Yaqin Sharqda o‘tkaziladi. Jamoalar e’lon qilinganidan so‘ng JCh-2022ga oid boshqa qiziqarli faktlar ham ma’lum bo‘ldi. Biz asosiy ma’lumotlarni to‘pladik.

 

1. Minimal ishtirok: Eron 2022 yilgi jahon chempionatiga 26 futbolchi olib kelish o‘rniga 25 o‘yinchi olib kelgan yagona jamoadir.

 

2. JCh -2022dagi eng past bo‘yli futbolchi Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ilyos Shair (158 santimetr).

 

3. JCh-2022 ning eng uzun bo‘yli futbolchisi gollandiyalik darvozabon Andris Noppert (203 santimetr).

 

4. Arizalardagi 137 nafar futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatida o‘z tug‘ilgan davlati nomidan qatnashmaydi. Marokashda bunday futbolchilarning maksimal soni (14 kishi).

 

5. 2022 yilda birinchi marta ayollar jahon chempionatida bosh hakam sifatida ishlaydi : Stefani Frappart (Fransiya), Salima Mukansanga (Ruanda) va Yoshimi Yamashita (Yaponiya).

 

6. Eng qimmat tarkib Angliya termasiga tegishli. Futbolchilarning umumiy narxi - 1,26 milliard yevro.

 

7. Narxlari bo‘yicha eng kamtarin terma Qatar jamoasi. Mezbonlar atigi 14,9 million yevroga baholangan.

 

8. Senegal terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatida 100% xorij chempionatida to‘p surayotgan futbolchilardan iborat yagona terma. 

 

9. Qatar terma jamoasi jahon chempionatlarida ishtirok etadigan tarixdagi birinchi jamoa. 

 

10. JCh-2022 uchun ariza topshirgan eng yosh futbolchi germaniyalik hujumchi Yussuf Mukoko hisoblanadi. U 17 yoshda. 

 

11. JCh-2022 uchun arizadagi eng keksa futbolchi Meksika terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Alfredo Talavera hisoblanadi.

 

12. Qatar-2022ga borgan futbolchilar orasida Tomas Myuller jahon chempionatida eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan (6 ta golli uzatma).

 

13. Lionel Messi shu yilgi jahon chempionatiga borgan futbolchilar orasida musobaqa doirasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi . Argentinalik futbolchi avvalgi 4 ta turnirda 19 ta o‘yinda maydonga tushgan.

 

14. JCh-2022ning eng yosh jamoasi Gana terma jamoasidir. Futbolchilarning o‘rtacha yoshi 24,7 yosh.

 

15. 2022 yilgi jahon chempionatida eng keksa jamoa Eron terma jamoasi. Futbolchilarning o‘rtacha yoshi 28,9 yosh.

 

16. Ushbu jahon chempionati 32 ta jamoa ishtirok etadigan oxirgi turnir bo‘ladi. Keyingi musobaqadan boshlab finalda 48 ta jamoa ishtirok etadi.

 

17. "Bavariya" JCh-2022ga eng ko‘p o‘yinchi yuborgan. Klubning sakkizta jamoada 17 nafar futbolchisi to‘p suradi.

 

18. JCh-2022dagi eng yosh murabbiy Lionel Skaloni bo‘lib, u 44 yoshda. Argentina terma jamoasi u bosh murabbiy bo‘lib ishlayotgan birinchi jamoadir.

 

19. JCh-2022dagi eng keksa murabbiy gollandiyalik  Lui van Gal. U  71 yoshda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qatar-2022 haqida yana faktlar | Zamon.uz