Jahon

Respublikachilar g‘alabasidan so‘ng ham AQSH Ukrainaga yordam beradi

Vakillar palatasi aʼzosi bu haqda maʼlum qildi.

Respublikachilar g‘alabasidan so‘ng ham AQSH Ukrainaga yordam beradi

 

 

Respublikachilar partiyasi AQSH Kongressi Vakillar palatasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritgach, Ukrainaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatmaydi.  Bu haqda Tashqi ishlar qo‘mitasiga rahbarlik qilishi kutilayotgan Maykl Makkol maʼlum qildi.

 

 Shu bilan birga uning partiyasi Vashington tomonidan ko‘rsatilayotgan xorijiy yordam ustidan ko‘proq nazorat o‘rnatilishini, shuningdek, ittifoqchilarning ko‘proq ishtirok etishini xohlaydi.

 

“Amerika Ukrainaga yordam berishini o‘rinli deb o‘ylayman. Biz u yerda global mojaro yuz berishidan qochishga harakat qilmoqdamiz”, — dedi janob Makkol.

 

Siyosatchi, shuningdek, Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi artilleriya tizimlari yangi qurollarni jo‘natishni xohlashini aytdi.U Xitoy bilan raqobatlashishni o‘zining asosiy vazifasi deb hisoblashini bildirgan.

 

Makkolning fikricha, AQSH va Xitoy hozir “buyuk kuchlar raqobati” holatida va Pekin AQSH xavfsizligiga eng katta tahdiddir.

 

AQSHdagi oraliq saylovlardan so‘ng respublikachilar zarur bo‘lgan 218 o‘rin bilan Vakillar palatasi ustidan nazoratni qo‘lga kiritishdi. Demokratlar hozirgacha 208 o‘ringa ega. Shu bilan birga, Demokratik partiya AQSH Kongressining yuqori palatasi Senat ustidan nazoratni allaqachon qo‘lga kiritgan.

custom img

“Endi bizning navbatimiz” — AQSh Eronga yana zarba berdi

Vashington yangi hujumlarni Eronning Yaqin Sharqdagi AQSh kuchlariga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

custom img

AQSHning Eronga quruqlikdan bostirib kirish ehtimoli yuqori — Pokiston razvedkasi

Harbiy ekspertlar esa bunday ssenariy AQSH uchun katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

custom img

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi robotlar importini taqiqladi

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi gumanoid robotlar, robot-itlar va quvvat invertorlari importini milliy hamda kiberxavfsizlikka tahdid sifatida baholamoqda.

custom img

Xitoy Eronga havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berishi mumkin

Eron urush davomida zaiflashgan havo mudofaasini tiklash maqsadida Xitoydan yuzlab ko‘chma zenit-raketa majmualarini qabul qilish arafasida.

custom img

Tojikiston hijob va uzun soqol taqiqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ayrim OAVlarda tarqalgan hijob va soqol bo‘yicha ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

custom img

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Musson yomg‘irlari yuzlab binolarga zarar yetkazib, 200 dan ortiq inshootning butunlay vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

custom img

AQSh va Saudiya Arabistoni Iroqdagi obyektga zarba berdi

Vashington operatsiya AQSh va Saudiya Arabistoni manfaatlariga tahdid solayotgan nishonlarga qarshi o‘tkazilganini, voqealar Eron raketalari bilan bog‘liq emasligini bildirdi.

custom img

Infantino Jahon chempionati ulushlarini xususiy investorlarga sotmoqchi

Tashabbus UEFAning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"