«Yangi O‘zbekiston» bog‘ining bir qismi yopildi
Maʼmuriyat buning sababini ochiqladi.

«Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi “Istiqlol” majmuasi bir oyga — 15-noyabrdan 20-dekabrga qadar yopildi. Bu haqda bog‘ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari sababli “Istiqlol” majmuasi jamoat uchun vaqtincha yopilgan.
«Keltirilayotgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.







