AQSH va Shimoliy Koreya o‘rtasida tahdidlar davom etmoqda
Pxenyan masalasida Kamala Xaris 5 davlat bilan shoshilinch muzokara o‘tkazmoqchi.

AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarris Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Kanada rahbarlari bilan shoshilinch muzokaralar o‘tkazadi. Mavzu KXDR tomonidan qit’alararo ballistik raketa uchirilishi haqida.
Qayd etilishicha, “beshlik” yetakchilari bilan uchrashuv Bangkokda boshlangan Osiyo-Tinch okeani sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 18-noyabr kuni Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketani uchirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bir nechta jangovar kallaklarni olib yura oladigan va 15 000 kilometrgacha masofaga ucha oladigan yirik “Xvason-17” raketasi edi. Bu AQSH materigidagi istalgan nuqtani urish uchun yetarli.
Uchirish Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choy Song Xi agar AQSH Seul bilan aloqalarni mustahkamlashda davom etsa, Pxenyan “qattiqroq” choralar ko‘rishi haqida ogohlantirganidan 24 soat o‘tib amalga oshirilgan.








