Jahon

Bloomberg: Buyuk Britaniya dunyodagi mavqeini yo‘qotmoqda

Xalqaro munosabatlar markazi Osiyoga ko‘chayotgani qayd etilgan.

Bloomberg: Buyuk Britaniya dunyodagi mavqeini yo‘qotmoqda

 

Buyuk Britaniya iqtisodiy muammolar tufayli global miqyosida o‘z pozitsiyalarini boy bermoqda. Bu haqda tahlilchi Alan Kroufordning Bloomberg agentligida eʼlon qilgan maqolasida so‘z boradi.

 

Uning fikricha, yangi Bosh vazir Rishi Sunak tez orada soliqlarni oshirish va bir vaqtning o‘zida xarajatlarni qisqartirish muammosiga duch keladi.

 

“Shu haftada bo‘lib o‘tgan sammit (“Katta yigirmatalik” sammiti — tahririyat) saboqlaridan biri shundaki, yangi kuch markazlari shakllanganini eʼtirof etish kerak. Yangi reallikka ko‘ra, dunyo ko‘p qutbli va u Birlashgan Qirollik o‘z moliyaviy muammolarini hal qilishini yoki shakllanmagan siyosati shakllanishini kutib turmaydi”, – degan Krouford.

 

Muallif dunyo diplomatiyasi eʼtibori Osiyoga qaratilganini qayd etgan.

 

Londonda joylashgan iqtisodiy va biznes tadqiqotlari markazi tahlillariga ko‘ra, Buyuk Britaniya 1950 yillardan buyon kuzatilmagan turmush darajasining keskin pasayishi bilan to‘qnashishi mumkin.

 

Avvalroq Buyuk Britaniyada soliqlarning keng miqyosda oshirilishi eʼlon qilingandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bloomberg: Buyuk Britaniya dunyodagi mavqeini yo‘qotmoqda | Zamon.uz