Jahon

Makron ayrim davlatlarni Rossiyani muzokaraga ko‘ndirishga chaqirdi

Fransiya Prezidenti Ukraina mojarosini butun dunyo muammosi sifatida baholadi.

Makron ayrim davlatlarni Rossiyani muzokaraga ko‘ndirishga chaqirdi

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarni Rossiyani Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishini taʼminlashga chaqirdi

 

"Fransiya nafaqat Ukrainani qo‘llab-quvvatlamoqda. Balki boshqa davlatlar: Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi bilan yaqindan hamkorlik qiladi, bu urush sizning muammoingiz ham ekanligini tushunish kerak, bu jiddiy beqarorlikka olib keladi”, — dedi Makron.

 

Vladimir Zelenskiy 8 noyabr kuni Rossiya bilan muloqotni boshlash shartlarini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “hududiy yaxlitlikni tiklash, BMT nizomiga rioya qilish, barcha yo‘qotishlar uchun tovon to‘lash, har bir harbiy jinoyatchini jazolash va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolatdir”.

 

U, shuningdek, Putin prezident bo‘lgan davrda Ukraina Rossiya bilan hech qanday muzokara olib bormasligini maʼlum qilgan.

custom img

“Endi bizning navbatimiz” — AQSh Eronga yana zarba berdi

Vashington yangi hujumlarni Eronning Yaqin Sharqdagi AQSh kuchlariga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

custom img

AQSHning Eronga quruqlikdan bostirib kirish ehtimoli yuqori — Pokiston razvedkasi

Harbiy ekspertlar esa bunday ssenariy AQSH uchun katta yo‘qotishlarga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

custom img

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi robotlar importini taqiqladi

AQSH Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi gumanoid robotlar, robot-itlar va quvvat invertorlari importini milliy hamda kiberxavfsizlikka tahdid sifatida baholamoqda.

custom img

Xitoy Eronga havo hujumidan mudofaa tizimini yetkazib berishi mumkin

Eron urush davomida zaiflashgan havo mudofaasini tiklash maqsadida Xitoydan yuzlab ko‘chma zenit-raketa majmualarini qabul qilish arafasida.

custom img

Tojikiston hijob va uzun soqol taqiqlangani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ayrim OAVlarda tarqalgan hijob va soqol bo‘yicha ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

custom img

Pokistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida 100 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Musson yomg‘irlari yuzlab binolarga zarar yetkazib, 200 dan ortiq inshootning butunlay vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

custom img

AQSh va Saudiya Arabistoni Iroqdagi obyektga zarba berdi

Vashington operatsiya AQSh va Saudiya Arabistoni manfaatlariga tahdid solayotgan nishonlarga qarshi o‘tkazilganini, voqealar Eron raketalari bilan bog‘liq emasligini bildirdi.

custom img

Infantino Jahon chempionati ulushlarini xususiy investorlarga sotmoqchi

Tashabbus UEFAning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"