Jahon

Senatorlar Maskning Twitter‘dagi faoliyatini tekshirmoqchi

Milliarder foydalanuvchilarning shaxsiy maʼlumotlarini xavfga qo‘yishda ayblanmoqda.

Senatorlar Maskning Twitter‘dagi faoliyatini tekshirmoqchi

 

AQSH senatidagi 7 nafar demokrat senator Ilon Maskning Twitter‘dagi faoliyatini tekshirishni so‘radi. Shu mazmundagi maktub Federal savdo qo‘mitasi direktoriga yuborilgan. 

 

"Biz Twitter kompaniyasi tomonidan o‘z foydalanuvchilari xavfsizligini qasddan mensimaslik holati haqida yozmoqdamiz va federal savdo qo‘mitasini Twitter tomonidan isteʼmolchilar huquqi himoyasi to‘g‘risidagi qonunlarni buzish bo‘yicha har qanday harakatlarini tekshirishga chaqiramiz. So‘nggi haftalar davomida yangi ijrochi direktor Ilon Mask platformaning yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi bir qator qarorlarni qabul qildi ", — deyiladi murojaatnomada.

 

Senatorlarning fikricha, Mask tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini xavfga solmoqda va federal savdo qo‘mitasi bilan tuzilgan kelishuvning buzilishiga olib kelishi mumkin. Ular zarurat tug‘ilgan taqdirda Twitter rahbariyatini javobgarlikka tortishni so‘ragan.

 

Tesla asoschisi 27 oktyabr kuni Twitter‘ni sotib oldi. Bu unga 44 milliardga tushgan. Kompaniyani sotib olishi bilan milliarder bir qator menejerlarni ishdan bo‘shatdi. 6 noyabr kuni pullik verifikatsiya xizmati ishga tushirildi. Ammo bu ko‘plab soxta akkauntlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Senatorlar Maskning Twitter‘dagi faoliyatini tekshirmoqchi | Zamon.uz