Jahon

AQSH Rossiya qayerdan raketa olayotganini aniq bilmaydi

Avvalroq qator G‘arb nashrlari ruslarda raketa zaxiralari kamaygani haqida yozgandi. Ammo Ukrainaga berilgan so‘nggi ommaviy zarbalar bu taxminlarni oqlamadi.

AQSH Rossiya qayerdan raketa olayotganini aniq bilmaydi

 

Ukraina va qator G‘arb davlatlari Rossiyaning raketa zaxiralari tugayotganini taxmin qilgandi, ammo so‘nggi ommaviy raketa zarbalari bu fikrlarni oqlamadi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

 

Unga ko‘ra, raketa zaxiralari bo‘yicha aniq maʼlumotlar mavjud emas. Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi yetakchi maslahatchisi Mark Kansian G‘arbda sanoqli rasmiy shaxslargina Rossiya raketalari soni haqida aniq bilishini aytgan.

 

Gazeta bir necha faktorlar Moskvaning ommaviy raketa zarbalari berish qobiliyatini saqlab qolishiga sabab bo‘lganini qayd etgan. Jumladan, RF Eron va KXDRdan snaryad yoki uchuvchisiz qurilmalar sotib olgan bo‘lishi mumkin. Yana bir taxminga ko‘ra, Rossiya mudofaa korxonalaridagi safarbarlik ortidan raketa ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, Ukraina nizosidan oldin katta zaxira shakllantirilgan yoki hozirgi zarbalarda havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi raketalaridan foydalanilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

 

Shu bilan birga The New York Times ushbu taxminlarga aniq dalillar keltirmagan.

 

Rossiya bir necha bor Erondan dron sotib olganini inkor etgandi. Ammo noyabrda rasmiy Tehron Moskvaga uchuvchisiz qurilmalar yetkazib berganini tan oldi, ammo mamlakat TIV rahbari Amir Abdullohiyan bu Ukraina nizosidan ancha oldin yuz berganini aytgandi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSH Rossiya qayerdan raketa olayotganini aniq bilmaydi | Zamon.uz