Farg‘onadan Istanbulga uchgan samolyot Namanganga qo‘ndi
Aviakompaniya buning sababini ochiqladi.

Bugun, 19-noyabr kuni Farg‘ona xalqaro ayeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli HY-278 Istanbul – Farg‘ona qatnovi Namangan xalqaro ayeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda “Uzbekistan airways” xabar qildi.
Shuningdek, HY-082 Farg‘ona – Toshkent qatnovi ham kechiktirilgan holda amalga oshiriladi.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.








