O'zbekiston

Mahbuslarning ish staji hisoblanadigan bo‘ldi

Senat tegishli Qonunni ma‘qulladi.

Mahbuslarning ish staji hisoblanadigan bo‘ldi

 

Senatning 35-yalpi majlisida ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun muhokama qilindi.


Majlisda senator Tolibjon Madumarov nutq so‘zlab, qonunda mahkumlarga bir qator imkoniyatlar yaratilayotganini aytdi.

 

Qonun 5 ta moddadan iborat bo‘lib, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga va Jinoyat-ijroiya kodeksiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning umumiy mehnat stajiga ishlangan hamda ijtimoiy soliq to‘langan davrni qo‘shib hisoblashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Qonunda ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tash davrida bajargan har qanday ishi muassasa tomonidan ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda stajga qo‘shib hisoblanishi ko‘rsatilmoqda. Bu orqali mahkumlar kelgusida pensiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mahkumlarga nisbatan g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomala yoki jazo turlarini qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.

Mahkumlarning tarjimon bilan bir qatorda, surdo tarjimon xizmatidan foydalanishiga ham ruxsat berilmoqda.

Mahbuslarga nisbatan tinchlantirish ko‘ylagini qo‘llash mumkin emasligi belgilanmoqda.

Birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan mahkumlarning yashash maydonini 2,5 metr kvadratdan 3 metr kvadratgacha oshirish hamda umumiy turur joylarni maxsus moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi nazarda tutilmoqda.

Mahkumlarning tuzalish yo‘liga o‘tganini baholovchi qat’iy mezonlar belgilash orqali ularni rag‘batlantirish masalalari, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ishdan bo‘sh soatlar va tungi dam olish vaqtidan tashqarida bemalol kinofilm va teleko‘rsatuvlar ko‘rishi mumkinligi aniq belgilab berilmoqda, — dedi senator.

 

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mahbuslarning ish staji hisoblanadigan bo‘ldi | Zamon.uz